"Real" va "Milan" klublarining sobiq hujumchisi Kaka "Qirollik klubi" ko'rgan qiyinchiliklarini esladi.
"2009 yilda "Real" taklifini qabul qildim, ammo u erda men butunlay sindim. Chunki ularga "Milan"ga bergan narsamni bera olmadim. Men o'zimni yo'otgan edim. Italiyada meni sevar edilar, Ispaniyada esa hamma ketishimni istar edi.
Joze Mourino men uchun oddiy murabbiy bo'lmagan. O'zaro hurmatimiz bor edi, ammo munosabatlarimiz u qadar emasdi. Men undan har doim imkoniyat berishini kutib yashadim, ammo bunday bo'lavermadi. Men ko'p mashq qilardim, iltijo qilardim. Ammo u menga ishonmasligini anglagach, u bilan ishlay olmayman deb o'yladim.
"Real"dan ketganimdan so'ng "Milan"ga qaytganimdan baxtiyor bo'ldim. Mourino men haqimda "men ko'rgan eng profesional o'yinchilardan biri" deb atagan edi", - deydi Kaka.