Italiya hakamlar assotsiatsiyasi prezidenti Marchello Nikki "Yuventus" darovozaboni Janluiji Buffonni "Real"ga qarshi o'yinda yuz bergan voqeani chuqurlashtirmaslikka chaqirdi.
"Gapirganda ehtiyot bo'lish kerak. Siz aytgan so'zlarni bolalar, muxlislaringiz eshitishi mumkin. Buffon, shubhasiz, haqiqiy chempion. Agar bu voqea Italiyada bo'lganida - hakamni qo'llagan bo'lar edim. Hakamlarga tahdid qilish yaxshi emas - o'yingacha, o'yinda va o'yindan keyin ham", - deydi Nikki.