"Bavariya" yarimhimoyachisi Hames Rodriges EChL yarimfinalida "Real"ga qarshi o'yinlar uning uchun o'zgacha bo'lishini aytdi.
Kolumbiyalik futbolchi madrridliklar tomonidan myunxenliklarga iaraga berilgan.
"Bu o'yinlar o'tmishim tufayli men uchun o'zgacha bo'ladi. Men "Real"da uch yil o'ynadim Madrid haqida xotiralarim ko'p. BU sovrinlarga boy omadli davr edi. "Real"da do'stlarim ko'p, o'yinni sabrsizlik bilan kutyapman. Biz juda e'tibor bilan yondoshib, finalga yo'l olmoqchimiz. Bu bizning muhim maqsadimiz.
Qasos o'ti? Yo'q , menda bunday narsa yo'q. Buning keragi ham yo'q. Bu shunchaki navbatdagi ikkita o'yin, xolos", - deydi Hames.