"Milan" sardori, "Yuventus"ning sobiq himoyachisi Leonardo Bonuchchi EChL chorak finalida "Real" - "Yuve" o'yinidagi bahsli holatga o'z fikrini bildirdi.
"Bu hissiyotlarga to'la hafta bo'ldi. "Roma" uchun juda xursandman, "Yuve"ning omadsizligidan xafa bo'ldim. "Santyago Bernabeu"da uchta gol urish har kimning qo'lidan kelmaydi. O'yin oxirida shubhali penalti bo'ldi, ammo "Yuventus" o'z saviyasini ko'rsatdi. BU hamma bilan sodir bo'lishi mumkin.
Hakam penalti belgilaganda, shunday o'yladim: "Xudoga shukur, men u erda yo'qman". Chunki o'zimni tutib turolmagan bo'lar edim", - deydi Bonuchchi.