UEFA hakam Maykl Oliver va uning ayoli hayotiga tahdid qilganlar qarshi chora ko'rishni talab qilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Oliver EChL chorak finalida "Real" - "Yuventus" uchrashuvining (1:3) so'nggi daqiqasida turinliklar darvozasiga penalti belgilagan, bunga e'tiroz bildirgan Buffonni chetlatgan, natijada penaltini aniq bajargan "Real" keyingi bosqichga yo'l olgan edi. Shundan so'en ijtimoiy tarmoqlarda hakam va uning ayoliga o'lim bilan tahdid qilingan edi.
"Biz Oliver va uning ayli hayotiga bo'lgan tahdidni qat'iy muhokama qilyapmiz. Hukumat bunday dahshatli ishni qilgan kimsalarga qarshi chora ko'rishini kutyapmiz", - deyiladi UEFA bayonotida.