UEFA chempionlar ligasi ¼ finalining eng chiroyli goli uchun o'tkazilgan so'rovnoma yakunlarini e'lon qildi.
Unga ko'ra, EChL chorak finalining eng chiroyli goli muallifi "Liverpul" yarimhimoyachisi Muhammad Saloh topildi. Misrlik futbolchining "Manchester Siti"ga (2:1) urgan goliga 39% muxlislar ovoz berdi.
Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga (3:0) chalqancha usulda urgan goli ikkinchi o'rinni oldi - 30%. Uchinchi o'rinda "Liverpul" yarimhimoyachisi Aleks Oksleyd-Chemberlenning goli (14%, "Manchester Siti"ga qarshi birinchi o'yindagi).