Madridning "Real" klubi kecha "Malaga" klubi ustidan qozongan g'alabasidan bir qator natijalarni qayd etdi.
Shu o'rinda bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa bilan Primerodagi o'zining 100-g'alabasini qo'lga kiritdi. Bu natija qayd etish uchun Zidan 140 kifoya qildi (71.4% - g'alaba, 25 - durang va 15 mag'lubiyat).
Bu natija La Liga tarixidagi to'rtinchi ko'rsatgich sanaladi. 100 ta g'alabani eng tez qo'lga kiritgan murabbiy Luis Enrike bo'lib, u "Barselona" bilan 126 o'yinda, 100 ta g'alabaga erishgan, undan so'ng Joze Mourinyo (133 o'yin), Pep Gvardiola (139 o'yin).
Zidan bilan bir ko'rsatgichga Migel Munyos ham erishgan (140 o'yin, 100 ta g'alaba).
Bobojonov