"Real" yarimhimoyachsi Lukas Vaskes EChL chorak finalida "Yuventus" bilan javob uchrashuvida (1:3) belgilangan penalti bo'yicha bahs-munozaralar haqida gapirdi.
"Biz qatorasiga sakkizinchi marta yarimfinalga chiqqanimiz kimlarningdir hasadini qo'zg'ayapti. Biz bunga ko'nikishimiz kerak. Ko'pchilik bizning mag'lubiyatimizga xursand bo'ladi.
Penalti toza edi. Odamlar o'tgan ishga ko'p 'tibor bermoqdalar. Bu penaltini Italiyadan ko'ra, Ispaniyada ko'proq muhokama qilishyapti.
"Bavariya" - Evropaning eng kuchli klublaridan biriyu Bu fantastik o'yin bo'ladi. Myunxenliklar safida Hames - mening do'stim o'ynaydi, ammo umid qilamanki, u finaoga chiqmaydi", - deydi Vaskes.