"Bavariya" yarimhimoyachisi Arturo Vidalning EChL yarimfinalida "Real"ga qarshi o'yinda qatnashishi so'roq ostida turibdi.
Chililik futbolchi kuni kecha mashg'ulotlarda o'ng tizzasini jarohatlab oldi va maydonni o'z oyog'i bilan tark eta olmadi.
Xuddi shunga o'xshash jarohat sababli Vidal jamoasining oxirgi ikki o'yinini o'tkazib yuborgan edi.
"Bavariya" - "Real" uchrashuvi 25 aprel kuni bo'lib o'tadi.