Ispaniya chempionatining 32-turida "Real" safarda "Malaga"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.
Bu Zinedin Zidanning "Real" bilan erishgan 100-g'alabasi bo'ldi. Undan tezroq faqat Luis Enrike (126 o'yin, "Barselona"), Joze Mourinyu (133, "Real") va Xosep Gvardiola (139, "Barselona") 100ta g'alabaga erishganlar.
Zidanning statistikasi: 140 o'yin (71,4% g'alaba), 100 g'alab, 25 durang va 15 mag'lubiyat.