"Real" yarimhimoyachisi Mateo Kovachich "Malaga"ga qarshi uchrashuvda La Ligadagi o'zining 50-g'alabasini qo'lga kiritdi.
Xorvatiyalik futbolchi mazkur 50 ta g'alabaga erishish uchun musobaqaning 69 ta uchrashuvida ishtirok etdi. Kovachich mazkur g'alabali davomida o'tgan mavsum jamoa bilan Ispaniya chempionligini ham qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lgan.
Kovachich joriy mavsum hozirga qadar La Liganing 17 uchrashuvida ishtirok etib 10 tasida g'alabaga erishgan.
RealBlancos