Madridning “Real” klubi bugun safarda “Malaga”ni 2:1 hisobida taslim etdi.
Gap shundaki, “Real” Zinedin Zidan qo'l ostida 140 ta o'yin o'tkazib, undan 100 tasida g'alaba qozondi. Madridliklar barcha musobaqalarda 100 ta g'alaba, 25 durang va 15 marta mag'lubiyat qayd etishgan.
Bu esa primero tarixidag 4-eng yaxshi natija hisoblanadi. Zidandan tezroq 100 ta g'alaba qozongan: Luis Enrike (126 o'yinda, “Barselona” bilan), Joze Mourino (133, “Real” bilan), Pep Gvardiola (139, “Barselona”) hisoblanadi.
Migel Munos esa Zidan kabi 140 o'yinda “Real” bilan 100 marta g'alaba qozongan.