Ispaniya chempionatining 32-turi doirasida "Real" safarda "Malaga" mehmoni bo'ldi va g'alabani rasmiylashtirdi.
Uchrashuv o'rtacha tempda o'tdi. Bahsning 32-daqiqasida malagaliklar sobiq futbolchisi Isko jarima zarbasidan gol urishga muvaffaq bo'ldi. Yarim himoyachi faoliyati davomida La liga doirasida ilk marta jarima zarbasini golga aylantirgan bo'lsa-da, bu golni quvonch bilan nishonlamadi.
Ikkinchi bo'limda aynan Iskoning uzatmasidan keyin Kazemiro bo'sh darvozani ishg'ol etdi.
O'yinga qo'shib berilgan daqiqalar tugashiga oz vaqt qolganida "Real" markaziy himoyasida xatoga yuzaga keldi. Natijada Diego Rolan yaqin masofadan darvozani zabt etdi — 2:1.
Ushbu g'alabadan keyin Zidan shogirdlari o'z ochkolarini 67taga etkazib, jadvalda 3-o'ringa ko'tarilib olishdi.
Ispaniya La ligasi, 32-tur
Malaga – Real Madrid 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 29 Isko, 0:2 – 63 Kazemiro, 1:2 – 90 Rolan.
Malaga – Roberto, Rikka, Torres, Rosales, Mikel (Rodriges, 71), Gonsales, Iturra, Lasen (Bueno, 53), Chori Kastro, Ideye (Lestenn, 78), Rolan.
Real Madrid – Navas, Valexo, Teo, Karvaxal, Ramos, Isko (Mayoral, 72), Kazemiro, Vaskes, Kovachich, Asensio (Sebalos, 66), Benzema.
Ogohlantirishlar: Rikka (36), Iturra (55), Rodriges (81), Rosales (90).