EChL chorak finalida "Real" va "Yuventus" o'rtasidagi javob uchrashuvi (1:3) hakami angliyalik Maykl Oliver va uning turmush o'rtog'i haqorat va o'lim bilan tahdidga uchradi.
Eslatib o'tamiz, bunga uchrashuvning oxirgi daqiqasida "Yuve" darvozasiga belgilangan penalti va darvozabon Janluiji Buffonning chetlatilishi sabab bo'ldi.
Krishtina Ronaldu penaltini ishonchli amalga oshirib, jamoasini EChL yarimfinaliga olib chiqdi.
Oliverning o'zi ijtimoiy tarmoqlarda ro'yxatdan o'tmagan, ammo uning ayolining Tvitterda akkaunti bor. U erda ularga haqoratlar yog'ildi. Uning telefon raqami e'lon qilinganida Maykl va uning ayoliga o'lim bilan tahdid qilindi. Politsiya surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan.