"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL chorak finalining javob uchrashuvida "Yuventus" darvozasiga belgilangan penalti ko'p muhokama qilinayotgani haqida fikr bildirdi.
"Yuventus" darvozasiga belgilangan penaltini talonchilik deb atashlari mening asabimni qo'zg'ayapti.
Hech kim "Real" tarixini o'zgartira olmaydi, chunki biz dunyoning eng yaxshi klubimiz, agar g'iybatda davom etayotgan bo'lsangiz - shunchaki hasad qilyapsiz.
Penalti bor edi va men tushunmayapman, nega buni hamma muhokama qilyapti? Birinchi o'yinda g'alaba qozonganimiz bilan imkoniyatlarimiz 50 ga 50 edi.
"Yuventus" bu yil kuchayibdi, ancha raqobatbardosh bo'libdi. Bu amoani yaxshi bilamiz va bizga qiyin bo'lishini bilar edik", - deydi Zidan.