"Barselona"ning sobiq hujumchisi, "Real"ga qarshi ashaddiy fikrlari bilan tanilgan Xristo Stoicheo EChL chorak finalida madridliklar bilan "Yuve" shrtasidagi javob uchrashuvida belgilangan penalti xususida o'z fikrini aytdi.
"Uzoq bahslashishdan ma'no yo'q. Bu 1-daqiqa bo'ladimi, 93-daqiqa bo'ladimi - kontakt bor edi. "Yuve" himoyachilari ikkita o'yinchini bo'sh qoldirib, xato qilishdi. Bu ularning xatosi edi. Penalti bor edi", - deydi bolgariyalik Stoichkov.