"Bavariya"ning sport direktori Hasan Salihamdjich EChL yarimfinalida "Real"ga qarshi uchrashuvlar oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.
"Real", shubhasiz, top-raqib. Uning tarkibida yuqori saviyadagi futbolchilar ko'p, ammo bizda ham juda yaxshi jamoa bor. Men yigitlarimizga ishonaman, murabbiyimiz esa madridliklarni yaxshi biladi.
O'tgan yilda ular bizni musobaqadan chiqarib yuborgan edilar, bu safar qasos olmoqchimiz va finalga chiqmoqchimiz. Raqibga katta hurmat bilan qaraymiz, ammo undan qo'rqmaymiz. Kievga borish uchun hamma narsa qilamiz", - deydi Salihamidjich.