Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alan Shirer EChL finalida "Yuventus"ga qarshi uchrashuvda (4:1) "Real" himoyachisi Serxio Ramosning harakatiga baho berdi.
Urashuvning 84-daqiqasida "Yuve" yarimhimoyachisi Xuan Kuadrado Serxio Ramosga ishlatgan qo'polligi uchun ikkinchi sariq kartochkasini oldi va maydonni tark etdi.
"Ramos hakamning oldida yiqilmasligi kerak di. Unga hech narsa bo'lgani yo'q edi. U nimaga yiqildi? Kuadrado ahmoqona ish qildi, ammo Ramosning yiqilishi uchun hech qanda sabab yo'q edi", - deydi Shirer.