"Bavariya" bosh murabbiyi Yupp Xaynkes EChL yarimfinalida "Real" bilan o'yinlar oldidan Krishtianu Ronalduning o'yinlariga to'xtaldi
"Krishtianu Ronaldu – Leo Messi bilan dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. U dunyo darajasidagi o'yinchi. U har kuni ishlaydi, bu maqtovga loyiq.
U tez-tez o'yin taqdirini hal qilib turadi. Bunday uchrashuvlarda jamoaviy o'yin juda muhim. Bizga qarshi o'yinda uning eng yaxshi kuni bo'lmaydi, deb umid qilaman", - deydi Haynkes.