EChL 1/4 finali yakunlariga ko'ra, musobaqa yarimfinaliga "Real", "Barvariya", "Liverpul" va "Roma" klublari yo'l oldi.
Bunday holat, ya'ni Ispaniya, Germaniya, Angliya va Italiya klublarining birvaqtda yarimfinalda bo'lishi 1981 yilda bo'lgan.
O'shanda chempionlar kubogi yarimfinalida "Liverpul" "Bavariya"ni, "Real" esa "Inter"ni mag'lub etgan.
Finalda "Liverpul" kichik hisobda madridliklarni mag'lub etib, kubokni qo'lga kiritgan edi.