"Bavariya" yarimhimoyachisi Hames Rodriges EChL yarimfinalida "Real"ga qarshi har ikki o'yinda ishtirok eta olishi mumkin.
Kolumbilik futbolchining transfer huquqi madridliklarga tegishli, u Myunxenda iarada o'ynayapti.
UEFA o'z bayrog'i ostidagi musobaqalarda ijarada o'ynayotgan futbolchilarning shartnomalarida o'zi tegishli bo'lgan klubga qarshi o'ynash huquqiga ega bo'lmasligi haqidagi band bo'lishiga yo'l qo'ymaydi.
Avvalroq "Bavariya" "Real"dan 42 million evro vaziga Hamesning transfer huquqlarini sotib olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.