"Bavariya" yarimhimoyachisi Xames Rodrigez "Real"ga qarshi Chempionlar Ligasi yarimfinalida maydonga tushishi mumkin.
Madridliklar yozda 26 yoshli futbolchi ijara asosida Myunxenga qo'yib yuborgan edi. UEFA mutasaddilari shartnoma bandida o'z jamoasiga qarshi o'ynamaslik sharti yo'qligini inobatga olib kolumbiyalik futbolchini sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushishi ruxsat berdi.
Ma'lumot uchun, Xames Germaniya Bundesligasida 19 ta o'yinda maydonga tushib 6 ta gol va 10 ta golga assistentlik qilgan.
Bobojonov