"Barselona" mavsum yakunida bosh murabbiyi Ernesto Valverde bilan hamkorlikni to'xtatishi mumkin, deya xabar beradi Sport.es.
Manbaga ko'ra, katloniyaliklar EChLdagi omadsizlikdan so'ng nafaqat Ispaniya chempionligi, balki Ispaniya kubogini ham qo'lga kiritishi lozim va lobud.
Klub rahbariyati jamoaning EChLdan chiqib ketib, ashaddiy raqibi "Real"ga muvaffaqqiyat yo'lini ochib berganidan norozi.
Ta'kidlanishicha, Valverdening bu mavsumdagi ishiga baho berilishida qo'lga kiritiladigan sovrinlardan tashqari boshqa omillar ham mavjud. Agar "Barsa" "oltin dubl"ni qayd qilib, "Real" EChL yarimfinalidan o'ta olmasa - boshqa gap va agar kataloniyaliklar faqat Ispaniya chempionligini qo'lga kiritsalar-u, "Real" EChL finaliga chiqsa - boshqa gap.