"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL finalida "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:1) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu o'zgacha kun bo'ldi. Ammo chempionat yaxshiroq bo'ldi, chunki u erda 38 ta o'yin o'tdi. Barcha futbolchioaimizni va buyuk klubimizni tabriklayman. Biz bu natijaga mehnatimiz sababli erishdik. Bir mavsumda Ispaniya chempionligi va chempionlar ligasi g'olibligini orzu ham qilmagan edim.
Kelajagim? Hozir vaziyatdan zavqlanish kerak. Keyin dam olamiz va kelgusi mavsumga tayyorlanamiz", - deydi Zidan.