EChL yarim finalida “Bavariya” va “Real” klublari o'zaro kuch sinashishadi.
Bu mazkur jamoalarning o'zaro 25-26 uchrashuvlari sifatida tarixga kiradi. Hali hech qaysi jamoalar evrokuboklar tarixida o'zaro bunchalik ko'p to'qnash kelmagan.
Ma'lumot uchun, “Bavariya” ketma-ket oltincha marta EChL yarim finalida ispan jamoasiga duch kelmoqda. Myunxenliklar shu paytgacha bo'lgan 5 ta yarim final to'qnashuvlarining bittasidagina finalga chiqishni uddalashgan.
“Bavariya” hamda “Real” shu paytga qadar o'zaro 24 marta o'ynashgan. Har ikki klub hisobida ham 11 tadan g'alaba bor, 2 ta o'yin esa durang bilan tugagan. To'plar nisbati “Real” foydasiga: 37-36.