Yozda “Real”ni bir yo'la ikkita etakchi futbolchi tark etishi mumkin. Gap Toni Kroos va Luka Modrich haqida ketmoqda.
“Don Balon”ning yozishicha, “Manchester Yunayted” allaqachon Kroos borasida taklif bilan chiqqan. Modrichga ham APLning bir nechta klubi qiziqmoqda. Eng muhimi, ikkala futbolchi ham faoliyatini APLda davom ettirishga qarshi emas.