UEFA “Real” himoyachisi Serxio Ramosni diskvalifikatsiya qilmaydigan bo'ldi.
“Yuventus”ga qarshi o'yinning oxirgi daqiqalarida ramos tribunadan tushib, o'yinni maydonning yaqin qismida kuzatgandi. Bu esa UEFA qoidalariga zid, chunki Ramos Turin klubiga qarshi o'yindan chetlatilgani uchun matchni tribunadan turib tomosha qilishi kerak edi. Biroq UEFA Ramosni diskvalifikatsiya qilmadi. Demak, ispaniyalik himoyachi endi EChL yarim finali birinchi o'yinida maydonga tusha oladi.