“Real” a'zosi Garet Beyl faoliyatini A seriyada davom ettirishi mumkin.
“Independent” nashriga ko'ra, uelslik futbolchiga “Inter” qiziqish bildirmoqda. Milanliklar Beyl uchun so'ralgan pulni to'lashga tayyor.
Ma'lumot uchun, “Manchester Yunayted” Beyl transferi borasida ikkilanyapti. “Real” esa Beylning transferidan tushgan pulni yozda yaxshiroq hujumchi sotib olish uchun sarflamoqchi.