"Yuventus" darvozaboni sardori Janluiji Buffon EChL chorak finalida "Real"ga qarshi javob uchrashuvidagi qilmishi uchun diskvalifikayiya qilinishi mumkin.
Bu haqida Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
Darvozabon Madridda o'tgan uchrashuvning so'ngida belgilangan penalti uchun hakamga e'tiroz bildirgan va qizil kartochka bilan siylangan edi.
Manbaga ko'ra, Buffonning ehtimoliy diskvalifikatsiyasi "Real" - "Yuventus" uchrashuvi bosh hakami Maykl Oliverning qaydnomaga voqeani kiritgan-kiritmaganiga bog'liq.
Shuningdek, UEFAning nazorat, ahloq va tartib-intizom qo'mitasi darvozabonning o'yindan so'ng matbuotga aytgan so'zlarini ko'rib chiqsa - sanktsiyalar qo'llanishi mumkin.