FIFAning sobiq hakami Vadim Juk EChL chorak finalida "Real" - "Yuventus" uchrashuvida (1:3) belgilangan penalti haqida o'z fikrini aytdi.
"Albatta, vaziyat chigal. Fikrlar teng ikkiga bo'lindi. Menimcha, hakam haq edi.
Hujumchi himoyachidan oldinda edi. Himoyachi to'pga o'ynamoqchi bo'ldi, ammo raqibini turtib yubordi va unga to'pga egalik qilish imkoniyatini bermadi. Bu esa qoida buzilishi. Hakam yaxshi pozitsiyada edi va nuqtani ko'rsatdi.
Agar penalti belgilamaganida "Real" tomonidan e'tirozlar bo'lar edi. Bu ehtiyotsizlik ortidan kelgan qoida buzilishi, buning uchun tartib-intizom chorasi ko'rilmay penalti belgilanadi.
Vaziyat, albatta, qiyin. Yana takrorlayman, u ko'p bahslarni keltirib chiqaradi. Buning ustiga 93-daqiqa edi. Ammo qoida - bu qoida. Hakam qoidaga amal qilishi kerak", - deydi Juk.