"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan EChL chorak finalida "Yuventus" bilan javob uchrashuvidan so'ng (1:3, birinchi o'yin -3:0) turinliklar posboni Janluiji Buffonning chetlatilishi haqida fikr bildirdi.
O'yinga qo'shib berilgan vaqtlarda hakam turinliklar darvozasiga penalti belgiladi, bunga e'tiroz bildirgan Buffonga esa qizil kartochka ko'rsatdi.
"O'ylashimcha, u bunday ketishga munosib emas, ammo ortga yo'l yo'q. O'yin oxirida bo'lgan voqean o'zgartirib bo'lmaydi.
Buffon - qoyilmaqom futbolchi va bu uning chempionlar ligasidag oxirgi o'yini bo'lgandir", - deydi Zidan.