"Yuventus"ning sobiq darvozaboni Stefano Takkoni EChL chorak finalida "Real" - "Yuventus" uchrashuvining hakami Maykl Oliverni tanqid qildi.
Angliyalik hakam qo'shib berilgan vaqtlarda turinliklar darvozasiga penalti belgiladi, bunga e'tiroz bildirgan "Yuve" darvozaboni Janluiji Buffonga qizil kartochka ko'rsatdi.
"Men hakamning yuziga musht tushirgan bo'lar edim. Bu ajoyib faoliyatning zo'r yakuni bo'lar edi.
95-daqiqada bunday penalti bermaslik kerak. Hamma gap ruhiy bosimda, bunday vaziyatda penalti bermaslik kerak.
Perluidji Kollina [hakam tayinlashga mas'ul] vijdonli emas. Hakam sotilgan, xuddi "Yuventus" va "Perudja" o'yinida Kollina sotilgani kabi.
Hakam tayinlovchi mas'ul shaxsni har uch yilda almashtirish kerak", - deydi Takkoni.