"Yuventus" golkiperi Janluidji Buffon "Real"ga qarshi uchrashuvdan so'ng bosh hakam Maykl Oliverni tanqid qilib o'tdi.
"Bu 10% lik ham penalti emas. Men bilaman, bosh hakam barchasini ko'rdi, vaziyat yaqqol emasdi. 93-daqiqada bunday vaziyatlarda 11 metrlik nuqta ko'rsatilmaydi. Jamoa uchrashuvga bor kuchini tashladi, biz tarixiy kambekni amalga oshirgan edik. Ammo bitta inson orzularimizni amalga oshirishga to'sqinlik qildi. Hakamning ko'kragida yurak emas, axlat to'la quti joylashgan. Bunday uchrashuvlarda maydonga tushishga jur'at eta olmasangiz, siz yaxshisi xotin, bolalaringiz bilan stadiondan turib "Sprayt" va chips yeb o'tirganingiz yaxshi. Boshqalarning orzusi barbod qilgandan ko'ra.
"Real" ikki o'yin natijasiga ko'ra keyingi bosqichga o'tishga munosib, men ularga omad tilayman. Men har doim xalol o'yin tarafdoriman, ammo uchrashuv kamida qo'shimcha daqiqalarga teng edi. Men jamoam bilan faxrlanaman", - deydi Buffon.
Bobojonov