“Real” prezidenti Florentino Peres “Yuventus”ga qarshi o'yinda ikkita futbolchining o'yinidan norozi bo'ldi.
Ispan nashrlarining yozishicha, “qirollik klubi” prezidenti o'yindan oldin Keylor Navas va Garet Beylga ishonch bildirgan, ammo ular bellashuvning darajasiga mos o'yin ko'rsata olishmagan. Shu bois Peres bu ikki futbolchini yozda imkon qadar ko'proq foyda evaziga sotib yubormoqchi.