Ispaniyalik jurnalist Kristobal Soriya “Yuventus” darvozasiga belgilangan penaltini tahlil qildi.
“Penalti bor yoki yo'qligini nafaqat Ispaniya, balki butun dunyo ko'rdi. Hech qanday penalti yo'q edi. Futbol — ishtirokchilar doimiy kontaktda bo'ladigan sport. Vaskes himoyachi yaqinlashayotganini his qildi va yiqildi. Bunday penaltilar “Real” maydonida faqat “Real” foydasiga beriladi. Bu Chempionlar ligasi uchun isnod”, dedi Soriya.