"Real" va "Yuventus" o'rtasida EChL chorak finalining javob uchrashuvidan so'ng (1:3) tribunaosti binosida har ikki jamoa futbolchilari o'rtasida mushtlashuv kelib chiqishi mumkin edi.
Marca xabariga ko'ra, tonnelda, kiyinish xonasigacha bo'lgan yo'lakda har ikki tomon futbolchilar penalti borasida bahslashib borishdi.
"Real" va "Yuventus" o'yinchilari bir-birlariga baqirishdi, haqorat qilishdi. Mushtlashuvga temir to'siq halaqit berdi.
Bundan tashqari politsiya vaziyatni o'z nazoratiga oldi. Champions Total xabariga ko'ra, o'yinda ishtirok etmagan "Real" sardori Serxio Ramos ham janjallashuvchilarni xotirjam qilgan.