“Real” himoyachisi Serxio Ramos EChL yarim finali birinchi o'yinini o'tkazishi mumkin.
U chorak finalning javob o'yinida maydonga tusha olmasligi bois o'yinni tribunadan kuzatishga majbur bo'lgandi. Ramos “Yuventus”ga qarshi o'yinning birinchi bo'limini tribunadan kuzatdi, biroq ikkinchi bo'limda tunneldan chiqib, pastga tushdi va maydonga yaqin joyda kuzatdi. UEFA qoidalariga ko'ra esa bu taqiqlangan va futbolchi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Agar bosh hakam Ramosning bu xatti-harakatini protokolga kiritgan bo'lsa, Ramos yarim finalning birinchi o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin.