"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon EChL chorak finalida "Real"ga qarshi javob uchrashuvi (3:1) hakami Maykl Oliveraning suratiga chizgilar chizdi.
Angliyalik hakam qo'shib berilgan daqiqalarda "Yuve" darvozasiga penalti belgiladi, uni Krishtianu Ronaldu aniq bajardi va keyingi bosqichga "Real" yo'l oldi.
"Bu hatto 10 foizga ham penalti emas. Vaziyat aniq emasligini hakam ko'rdi. 93-daqiqada shubhali vaziyat. Birinchi o'yinda bizda aniq penalti bor edi. BUnday vaziyatda penalti belgilamaslik kerak.
Sening ko'krak qafasingda yurak bo'lishi kerak, axlat qutisi emas. Bundan tashqari bunday stadionda ishlashga dov bermas ekansan, tribunada xotining va bolalaring bilan o'tirib, Sprite ich, chips e. Jamoa orzusini buzish kerak emas.
"Real" ikki o'yin natiasiga ko'ra, keyingi bosqichga munogsib bo'ldi, ularga omad tilayman. Bu klubga qarshi o'ynash men uch4un har doim faxr bo'lgan. Ammo biz kamida qo'shimcha bo'limlarga loyiq edik", - deydi Buffon.