"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri EChL chorak finalida "Real"ga qarshi javob uchrashuvidan so'ng (3:1) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Turinliklar ikki o'yin natijasiga ko'ra (0:3, 3:1) musobaqani tark etdilar.
"Men hakamning varorini muhokama qilmoqchi emasman. Men Turindagi o'yinda 60 daqiqa yaxshi o'ynab ura olmagan gollarini bugun urgan yigitlarga achinyapman. Bu penalti birinchi o'yinda Kuadrado bilan bo'lgan vaziyatga teskari bo'lmoqda. Men o'shanda kichik vaziyat hammasini hal qilishini aytgan edim.
Biz kamida qo'shimcha bo'limlarga loyiq dik. Bizda ikkita almashtirish bo'ldi va ular qo'shimcha vaqtda foyda keltirishlari mumkin edi.
Buffon hakamga nima debdi? U penalti bo'lmaganini aytgan, xolos", - deydi Allegri.