Italiyalik sobiq hakam Gratsiano Chezari EChL chorak finalida "Real" - "Yuventus" o'rtasida javob uchrashuvi (1:3) oxirida belgilangan penalti borasida fikrini bildirdi.
Madridliklar yarimhimoyachisi Lukas Vaskesning yiqilishidan so'ng hakam penalti belgiladi.
"Takroriy vaziyatda ham ko'rinib turibdiki, Benatia to'pga tekkan edi. Bu holatda hech qanday qoida buzilishi yo'q. Hakam o'yinchilarning harakatiga chalg'idi, uning oldi ham to'silgan edi. Videotakrorlar tizimi bu vaziyatda qo'l kelgan bo'lar edi", - deydi Chezari.