"Real" huumchisi Krishtianu Ronaldu EChL 1/4 finalida "Yuventus"ga qarshi javob uchrashuvida (1:3) penaltidan hal qiluvchi golni urdi.
Bu Ronalduning chempionlar ligasida "Yuventus" darvozasiga urgan 10-goli bo'ldi. 33 yoshli portugaliyalik ushbu musobaqada bir jamoa darvozasiga 10 ta gol urgan ilk futbolchi bo'ldi.
"Real" ikki o'yin natijasiga ko'ra "Yuventus"dan ustun keldi (4:3) va yarimfinal yo'llanmasini qo'lga kiritdi.