"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon EChL chorak finalida "Real"ga qarshi javob uchrashuvida (3:1) to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.
40 yoshli posbon o'yinning so'nggi daqiqalarida darvozasi tomon penalti belgilagani uchun hakam Maykl Oliver bilan bahslashdi va qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
Shu tariqa Buffon faoliyati davomida birinchi marta EChL o'yinida maydondan chetlatildi. U bu musobaqada 117 ta o'yin o'tkazgan.