"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL chorak finalida "Yuventus" bilan javob uchrashuvidan so'ng (1:3) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Zamonaviy futbolda hech kim senga sovg'a ulashmaydi. Shuning uchun biz oxirigacha kurashdik, bosim uyushtirdik, ko'p imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ko'proq gol urmoqchi bo'ldik, ammo Buffon qoyilmaqom o'ynadi.
Biz vaziyatlarga ega bo'ldik. "Yuventus" futbolchilari nima uchun penalti bo'lmadi, deb qarshilik ko'rsatdilar va shunday hisobladilar. Agar qoida buzilmagan taqdirda ham o'yindan urar edik. Biz juda xursandmiz, zo'r o'ynadik. Biz yarimfinaldamiz", - deydi Ronaldu.