"Yuventus" posboni Janluiji Buffon EChL finalida "Real"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (1:4) raqib kuchiga tan berdi.
"Qattiq afsusdamiz. G'alaba qozonish uchun barcha zarur ishlarni qildik deb o'yladik. Birinchi bo'limda a'lo darajada o'ynadik va "Real"ni qiyin ahvolga solib qo'ydik. Hozir kayfiyatim yo'q, afsusdaman.
O'ylashimyaa, ko'p yugurib, charchab qoldik va ustunlikdan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limda raqibning mahorati va bunday uchrashuvlardagi tajribasi ko'rinib qoldi. "Real" haqli g'alaba qozondi", - deydi Buffon.