“Real”ning yoshlar klubi hujumchisi Migel Baesa asosiy jamoa tarkibida mashg'ulot o'tkazdi.
“AS” nashrining yozishicha, Baesani asosiy jamoa tarkibida mashg'ulot o'tkazishini Zidanning o'zi xohlagan. Yosh futbolchi mashg'ulotining bir qismini Zidanning nazorati ostida olib borgan.
Ma'lumot uchun, 18 yoshli futbolchi yoshlar jamoasi tarkibida 13 gol urishga erishdi.