«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri «Real»ga qarshi EChL 1/4 finalining javob uchrashuvi borasida (dastlabki o'yin 0:3) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Qarzimiz — uydagi alamli mag'lubiyatni xotiramizdan chiqarib tashlash va ijobiy natija qayd etish. O'yin qanday kechishini bilmaymiz. Balki «Santyago Bernabeu»dagi o'yin boshlanganidan 3-4 daqiqa o'tib gol urarmiz.
Butun bu o'yinni ko'radi, biz hech qanday achinishlarsiz o'yinga chiqamiz. Bizga o'ta maksimal aniqlik va vaziyatlarni ko'kka sovurmaslik talab qilinadi», — deya Allegrining so'zlarini keltiradi Football Italia.