“Mundo Deportivo”ning yozishicha, taniqli agent Mino Rayola mijozi Pol Pogbani yanvarda “Real”ga taklif qilgan ekan. Biroq “qirollik klubi” bu taklifni rad etgan.
Xabarlarga ko'ra, “Real” Pogbani moliyaviy sabablar tufayli sotib olmagan. Qolaversa, “qaymoqranglilar” rahbariyati Pogbaning klubni kuchaytira olishiga ishonmagan, qolaversa, “Real”ning markaziy yarim himoyasida muammo yo'q deya hisoblashgan.