“Roma” rahbariyati “Real”ning uch nafar futbolchisi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor.
Rim klubining fikricha, “qirollik klubi” “Roma”ning bu taklifini rad eta olmaydi, chunki rimliklar da'vogarlik qilayotgan futbolchilar “Real”ning asosiy tarkib o'yinchilari emas. Gap Lukas Vaskes, Mateo Kovachich va Nacho Fernandeslar haqida ketmoqda.