"Real" prezidenti Florentino Peres EChL chorak finalida "Yuventus" bilan birinchi uchrashuvdan so'ng (3:0) Ispaniya Qirolining qo'ng'irog'i haqida gapirdi.
"Xuan Karlos Krishtianuni tabriklash uchun menga qo'ng'iroq qildi. Uning "Yuventus"ga urgan goli futbol tarixidagi eng chiroyli gollardan biri bo'ldi, dunyoning eng yaxshi o'yinchisining qoyilmaqom goli bo'ldi.
Turinda ajoyib narsa sodir bo'ldi, bu "Yuventus" va muxlislarining buyukligidan dalolatdir.
Buyuk o'yinchilar - "Real" o'tmishining qadriyatlaridan biridir. Alfredo Di Stefano futbol tarixini o'zgartirgan edi shuningdek, "Real" tarixini ham.
Krishtianu Ronaldu – Di Stefanoning buyuk vorisi, unda "Real" qadritlari aks etadi", - deydi Peres.