"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu EChL finalida "Yuventus" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:1) fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
34 yoshli portugaliyalik uchrashuvda "dubl"ga erishdi va chempionlar ligasining to'rt karra g'olibiga aylandi. Shuniingdek musobaqa to'purari bo'ldi - 12 ta gol. Buning ustiga u faoliyatidagi 600-golini urdi.
"Bu go'zal va aqlbovar qilmas mavsum bo'ldi. Chempionlar ligasini g'alaba va rekord bilan tugatish... Men baxtiyorman", - deydi Ronaldu.